Янгиликлар
30
Adliya vazirligi tomonidan “Mehnat huquqlarimizni oʻrganamiz“ huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi.
Aksiya 2023-yil 1-iyundan 1-avgustgacha davom etadi.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
Mehnat kodeksi boʻyicha avvalgi va yangi tartiblarni qiyosiy tushuntirish;
mehnat jamoalari, mahallalar va keng aholi oʻrtasida manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari;
mehnat huquqlarini himoya qilish boʻyicha sayyor qabullar;
huquqiy audiopodkast;
mehnat qonunchiligi boʻyicha Umummilliy imtihon;
buzilgan mehnat huquqlarini tiklash boʻyicha amaliy choralar;
bepul onlayn oʻquv kurslari va boshqa tadbirlar.