Янгиликлар
26
Bilasizmi
Qonunchilikka (https://lex.uz/docs/97664) koʻra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni:
baland ovoz bilan qoʻshiq aytish;
musiqa chalish;
tovush signallari berish;
xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish
fuqarolarga 110 ming soʻm, mansabdor shaxslarga esa 165 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.