Янгиликлар
25
Bilasizmi
O'zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug'ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari (330 ming so'm) miqdorida ijtimoiy soliq to'langan taqdirda, ular rasmiy band bo'lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo'shiladi:
chorvachilik (https://lex.uz/docs/6179326) (qoramol, qo'y, echki, ot va boshqalar);
issiqxona;
parrandachilik (bedana, kurka, g'oz, o'rdak);
quyonchilik;
asalarichilik;
baliqchilik;
bog'dorchilik;
limonchilik;
gulchilik.