Янгиликлар
23
Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.
Xizmatni koʻrsatish tartibi:
Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida