Янгиликлар
17
Bilasizmi
Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi tegishli xalqaro sertifikatga ega (https://lex.uz/docs/-4782939#-4783017) tibbiyot OTM talabalarining har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.
(https://lex.uz/docs/-4782939) Xalqaro reytinglarda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Top-200 talikka kirgan OTMlarning klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan, shuningdek falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan davlat tibbiyot muassasalari xodimlariga quyidagi miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi:
klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan xodimga – mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining 7 baravariga teng (6 mln 860 ming so‘m) miqdorda;
falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan xodimga – mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining 15 baravariga teng (14 mln 700 ming so‘m) miqdorda.