Янгиликлар
27
Adliya xabari
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan bolalar uchun maxsus huquqiy portal – bolahuquqlari.uz ishlab chiqilgan.
Mazkur portal bolalar hamda ota-onalarga mo'ljallangan bo'lib, ma'lumotlar bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan.
Portal bolalarning boshlang'ich huquqiy ko'nikmalarga ega bo'lishi uchun quyidagi bo'lim va sahifalardan iborat:
Huquqiy maslahatlar olish uchun bolalarga mo'ljallangan onlayn maslahatchi (ish kunlarida 09:00 – 18:00);
Huquqiy o'yinlar;
Huquqiy darsxona;
Ota-onalar uchun huquqiy maslahatlar;
Konstitusiyani o'rganish;
Yuridik lug'at;
Huquqiy mavzulardagi videoroliklar;
Davlat ramzlari haqida boshlang'ich tushunchalar.
bolahuquqlari.uz bilan huquqni bolalikdan o'rganing!