Янгиликлар
05
2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirish oxirgi muddati – 31-mart
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari
va avtomototransport roʻyxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:
2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil
31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat Davlat xizmatlari markazlariga (https://telegra.ph/Eski-namunadagi-haydovchilik-guvohnomani-yangisiga-almashtirish-mumkin-bolgan-DXM...), balki Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (IIBB YHXB (https://docs.google.com/document/d/1ZpkDS9WekNrPeHYFA1QPBElIUdZ8BXX4ZPrCt1pLEaQ/mobilebasic))ga murojaat qilishingiz yoki uydan turib YIDXP (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/255) orqali buyurtma berishingiz mumkin.