Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Savol: Foydali model deb nimaga aytila


Javob: Mahsulot yoki usulga tegishli har qanday sohadagi texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi. Foydali model sifatida, masalan, usullar, qurilmalar, moddalar, mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari tan olinadi.

Quyidagilar foydali model sifatida tan olinmaydi:

ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
tashkillashtirish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadval, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritm va dasturlar;
bino, inshoot, hududlar planirovkasining loyiha va sxemalari;
estetik ehtiyojlarni qondirishga yoʼnaltirilgan buyumning faqat tashqi koʼrinishiga taalluqli qarorlar;
integral mikrosxemalar topologiyasi;
oʼsimlik navlari va hayvon zotlari;
jamoatchilik qiziqishlari, insonparvarlik tamoyillari va axloqqa zid boʼlgan yechimlar.