Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya" olish mumkin.


Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXP – my.gov.uz orqali;

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 300 000 so'm (BHMning bir baravari)

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji haqida ushbu havola (https://lex.uz/uz/docs/5870213#:~:text=7.-,%D0%9B%D0%B8%D1%86%D0%B5%D0%BD%D0%B7%D0%B8%D1%8F%20%D0%B1...) orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni

Eslatma: Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.