Янгиликлар
15
Bilasizmi
Hukumatning 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 18-bandiga asosan, bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritilishi belgilangan:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
Ma’lumot tariqasida: Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.