Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Davlat xizmatlari doimiy nazoratda


Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

Adliya vazirligi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali ruxsat etish, litsenziyalash va xabardor qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi doimiy nazorat qilib kelinmoqda.

Xususan, Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash davlat xizmati ko‘rsatilishida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan xulosalar taqdim etishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi yuzasidan Tabiat resurslari vazirligining mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan MJtKning 215-5-moddasiga asosan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.