Янгиликлар
09
Bilasizmi
Mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishni davom ettirish maqsadida:
(https://www.lex.uz/docs/6374137)2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 13 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;
kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlikga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;
hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 mln soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi;
dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi.