Янгиликлар
07
Bilasizmi
Qonunchilikka asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.
E’tibor berish lozimki, bunda bola parvarishlash nafaqasi faqatgina 34 turdagi kasallik bilan og’rigan bolalarni parvarishlayotgan shaxslarga beriladi.
To’liq ro’yxat (https://lex.uz/docs/5865484#5867755)
Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.