Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Litsenziyalash xizmati


"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa" olish mumkin. 

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs 

Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi;

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 5 ish kuni;