Янгиликлар
28
Huquqiy aksiya
Oilalarda meros bilan bog’liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo’lgan huquqlarini ta’minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Аdliya vazirligi hamda O’zbekiston Notarial palatasi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o’tkaziladi.
Аksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.
Аksiya doirasida, jumladan:
davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targ’ibot tadbirlari tashkil qilinadi;
joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;
vorislik huquqi bo’yicha audiopodkast o’tkaziladi;
2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;
merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bog’liq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash bo’yicha amaliy choralar ko’riladi;
bepul onlayn o’quv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.