Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya aralashgach


Yangibozor tumani FHDY bo`limiga  fuqaro D.D.ning  farzandlariga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berish yuzasidan murojaat qildi.

Oilaviy sharoit va ayrim sabablarga ko`ra, 27 yil davomida tug`ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilmasdan qolgan  fuqaro D.D.ning  farzandiga  FHDY bo'limining  say-hararakatlari natijasida fuqaroga guvohnoma rasmiylashtirilib berildi. 

Ma’lumot uchun: Oila kodeksiga asosan, tug`ilishni qayd etish majburiy bo`lib, fuqarolar bola dunyoga kelganidan boshlab bir oy ichida FHDY organlariga murojaat etishlari lozim. Belgilangan muddatning o`tib ketganligi tu`gilganlikning qayd etilishiga to`sqinlik qila olmaydi. Qayd etilgan harakatlar bo`yicha tegishli guvohnomalarni taqdim etish uchun qonunchilikka binoan, FHDY organi mas`ul hisoblanadi.