Янгиликлар
17
Faxriylar-faxrimiz
Xorazm viloyat adliya boshqarmasining faxriysi
Rajabov Reyimboy hayot va faoliyat tajribasi
Reyimboy Rajabov 1950-yil 3-mart kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug`ilgan. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini huquqshunoslik fakultetini tugatgan.
Reyimboy aka adliya organlaridagi viloyat adliya boshqarmasida arxivarius lavozimidan boshlagan.
Adliya organlarida olib borgan faoliyatim davomida Rustam Samandarov, Masharip Mavlonovlardek tajribali, mehnatsevar insonlarga duch keldim. Ular menga ushbu huquqshunoslik sohaning sir-asrorlarini o`rgatishgan. Zarur maslahatlar, nasihatlar berishgan. Faoliyatimdagi kamchiliklarimni aytib, uni tuzatish yo‘llarini o‘rgatishgan. Bunday yaqin hamkorlik besamar ketmadi. – deydi R.Rajabov.
Adliya organlarida turli lavozimlarda o`z vazifasini sidqidildan xizmat qilgan Reyimboy aka 7 yil davomida Urganch tumani xalq sudining katta sud ijrochisi, 5 yil davomida Xonqa tuman sudining sudyasi, 13 yil davomida notarial faoliyat bilan shug`ullanib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda sifatli huquqiy xizmat ko`rsatish orqali xalq hurmatini qozondi.
Reyimboy aka, huquqshunoslik sohasidagi uzoq muddatli faoliyati davomida erishgan yutuqlari hamda jamiyatimizni rivojiga qo`shgan xissasi uchun O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi Vasiylik Kengashining tegishli qaroriga asosan 2022-yilda II darajali «Mehnat faxriysi» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunlarda mamlakatimizning qaysi bir hududida bo‘lmang, davr bilan hamnafas holda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda bunyodkorlik ishlariga, yagilanish jarayonlariga, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarning hayotga tadbiq etilayotganiga duch kelasiz, - deydi Reyimboy Rajabov.
-Davlat idoralari vakillarining aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi, ularni qaiynayotgan muammolariga quloq tutishi va yechimini izlashi odatiy holga aylanib qoldi. Eng muhimi, ushbu tadbirlarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan samimiy suhbatlar olib borilyapti.
Bu yangi O‘zbekistonda yangi davrning boshlanganini anglatadi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi