Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari ko'rsatiladi


Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining rekvizitlari ko'rsatiladi.

 (https://lex.uz/docs/6257288#6260179) Xodimning mehnat shartnomasida ko'rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

familiyasi, ismi va otasining ismi;
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bog'lanishga doir ma'lumotlar;
soliq to'lovchining identifikasiya raqami;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (mavjud bo'lganda);
shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'i raqami.

Ish beruvchining mehnat shartnomasida ko'rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

mehnat shartnomasini tuzgan ish beruvchining nomi; 
ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi ma'lumotlar;
ish beruvchi tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);
soliq to'lovchining identifikasiya raqami;
ish beruvchilarning bank rekvizitlari;
ish beruvchining aloqa ma'lumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar).