Янгиликлар
09
Matbuot anjumani
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yangiariq tuman adliya bo`limida jamoatchilik vakillari, fuqarolar hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Tadbirda, Аdliya organlari tomonidan, davlat boshqaruv organlarida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda kuzatiladigan korrupsiyaviy alomatlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Fuqarolarga shaffof, tezkor va qulay davlat xizmatlari ko`rsatilishi sohasidagi yangiliklar hamda Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Yangiariq tuman davlat xizmatlari markazida fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonlari bilan tanishdilar.