Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma'lumotlar maxsus portalga joylashtirib boriladi


Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Hukumat qarori (647-son, 04.11.2022 y.) qabul qilindi 

 Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni ta'minlovchi cns.davaktiv.uz portali ishga tushirilgan.

Kuzatuv kengashi a'zoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar aasosida tanlab olinadi.

Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo'yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom nomzodlarga qo'yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.

2023 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo'sh o'rinlarga oid ma'lumotlar o'zgarish bo'lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.

Ma'lumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi a'zolarini rag'batlantirishga yo'l qo'yilmaydi.