Янгиликлар
03
BRENDLAR QONUN HIMOYASIDA
Xorazm viloyatida “Sharshara”, “ORZU”, “Valeo”, “ecobozor” brendlari Huquq egasidan ruxsatsiz foydalanilib kelinayotgan holatlar aniqlandi.
Mazkur masalalar yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan brend egalarining huquqlari qonuniy himoya qilinishi ta’minlandi.
Ma'lumot o'rnida, "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi qonunga (https://lex.uz/ru/docs/-24925) binoan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.