Янгиликлар
02
Obuna mavsumi boshlandi: Majburiy ravishda xodimlarni obuna qildirish yoki ularning ish haqidan ushlab qolinishi mumkinmi?
So’nggi vaqtlarda ijtimoiy tamoqlarda xodimlarning turli bosma ommaviy axborot vositalariga (gazeta va jurnallar) majburiy obuna bo`lishga undash, ish haqlaridan majburiy ushlab qolish yuzasidan ko`pgina xabarlar tarqalmoqda.
Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq xodimlarni ularning yozma roziligisiz, jumladan shunday rozilik berishga majbur qilingan holda ish haqidan obuna, kommunal to’lovlar va boshqalar uchun ushlab qolish qonunga zid hisoblanadi.
Quyidagi hollar bundan mustasno: Mehnat kodeksiga asosan soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar xodimning roziligisiz ushlab qolinishi.
Аgar shunday holatga duch kelsangiz, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi (62-227-77-22) yoki tuman (shahar) adliya bo`limlariga murojaat qilishingiz mumkin.