Янгиликлар
28
Bir murojaat izidan
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro A.S va E.Y larning mahalla fuqarolar yig`ini raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan davrlarida lavozim maoshlariga qo`shimcha ustamalar to`lanmaganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Murojaatni o`rganishda fuqaro A.Sga 4.255.400 so`m, E.Y ga 3.997.800 so`m miqdoridagi lavozim maoshlariga 30% lik qo`shimcha maxsus ustamalar to`lanmaganligi aniqlandi.
Adliya boshqarmasi tomonidan yuqoridagi holatlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tuman sudiga da’vo arizasi kiritilib, da’vo arizasining ijrosi bo`yicha to`lanmay qolgan jami 8.253.200 so`m miqdoridagi qo`shimcha ustama pullari to`lab berildi.