Янгиликлар
25
Nodavlat professional taʼlim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi
“Nodavlat sektorda professional taʼlimni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Hukumat qarori (612-son, 19.10.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra:
nodavlat professional taʼlim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng ko‘p muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi;
nodavlat taʼlim tashkilotlarining professional taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.