Янгиликлар
21
21-oktabr “O`zbek tili bayrami kuni”
Xorazm viloyat adliya boshqarmasida 21-oktabr “O`zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, uning tizimidagi idoralar hamda shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi.
Unda, o`zbek tilining tarixi, jahonda tutgan mavqei, bugungi kundagi huquqiy maqomi hamda huquqshunoslik faoliyatida tutgan o`rni va ahamiyati haqida to`xtalib o`tildi