Янгиликлар
21
Hukumat qarori bilan (599-son, 14.10.2022 y.) "Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi
Nizom bilan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi.
Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash;
maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.
Mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (taʼlim dasturlari bo‘yicha o‘qitish);
ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
xorijda tajriba orttirish;
mustaqil o‘qib bilim orttirish;
masofaviy taʼlim.
Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari taʼlim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.