Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar haqida xabar berganlik uchun mukofotlanishi mumkin


Hukumat qarori bilan (598-son, 14.10.2022 y.) "Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatlar, huquqbuzarliklar, gumondorlar, qidiruvdagi shaxslar, avariyalar, yong‘in, halokat va boshqa nojo‘ya hodisalar aniqlanganda qorovullik bo‘linmalari:
darhol IIB organlariga xabar beradi;
IIB va Milliy gvardiya xodimlari kelgunicha huquqbuzarlik va hodisa izlari saqlanishini taʼminlaydi;
IIB va Milliy gvardiya xodimlariga hodisa to‘g‘risida axborot beradi;
tabiiy va texnogen favqulodda holatlarni bartaraf etadi, odamlarni qutqaradi.

Qorovullik bo‘linmalari IIB va Milliy gvardiya bo‘linmalariga hodisa haqida telefon orqali xabar beradi.

Telefon bo‘lmaganida yoki ishlamaganida aloqaning boshqa turlari, xususan xushtakdan quyidagi signallardan foydalaniladi:
“Ushla” – bitta uzun signal;
“Yordamga” – ikkita qisqa signal.

Qorovullik bo‘linmalari xabari orqali jinoyat, huquqbuzarliklar sodir etgan qidiruvdagi shaxslar aniqlanganda, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilganda qorovullik bo‘linmalari xodimlari 1 martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishi mumkin.