Янгиликлар
17
“ADLIYA KUBOGI”
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sportning Basketbol turi bo`yicha “ADLIYA KUBOGI” tashkil etildi.
Qizg`in bahslarga boy bo`lib o`tgan bellashuv natijalari bo`yicha Qizlardan iborat bo`lgan Qo`shko`pir tuman jamoasi hamda O`g`il bolalardan iborat bo`lgan Urganch shahar jamoalari 1-o`rinni qo`lga kiritib, g`olib bo`lishdi.
O`zbekiston Basketbol federatsiyasi Xorazm viloyat filiali raisi N.Jumanyozov tomonidan musobaqa ishtirokchilari, G`oliblar va ustoz va murabbiylari alohida e’tirof etildi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlab tilab, taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun, Basketbol bo`yicha Xorazm viloyati terma jamoasi Respublika reytinggi bo`yicha kuchli
3 liklar qatoriga kiradi.