Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi “Imkoniyatlar markazi” tashkil etiladi


“Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–390-son, 12.10.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar:

ko‘rgazma yarmarkasi doimiy tarzda o‘tkaziladi;
hajmi va texnik parametrlari to‘g‘risidagi axborotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar Elektron kooperatsiya portaliga joylashtiriladi; 
2023 yil 1 yanvarga qadar yagona reyestri yuritilishi tashkil etiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida tegishli tashkilotlar xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida o‘z hududida Reyestrga kiritilgan korxonalar ishlab chiqargan tovarlarni sotib oladi.

2022 yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab qolgan hududlarda “Imkoniyatlar markazi” faoliyati tashkil etiladi.

“Imkoniyatlar markazi”:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.