Янгиликлар
11
Denov va Urganch dzyudo sport maktablari tashkil etiladi
“Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (580-son, 06.10.2022 y.)
Qarorga ko‘ra, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash, Denov va Urganch dzyudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Dzyudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
2022/2023 o‘quv yiliga qadar Dzyudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi taʼminlanadi.
✅ Dzyudo maktablari o‘quvchilarining umumtaʼlim fanlaridan taʼlim olishi mazkur Dzyudo maktablarida tashkil etiladi.