Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Mediatsiya haqida bilasizmi?!


Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Mediatsiya – ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” maʼnosini anglatadi.  Mediatsiya — nizonlari taraflar o‘zaro ixtiyoriy kelishib mediator yordamida hal qilish usuli hisoblanadi. Qabul qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi boʼyicha amalga oshirilishi mumkin:
1.  fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar;
2.  yakka mehnat nizolari;
3.  oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar.
Mediatsiyaning asosiy afzalliklari
•  tanlov erkinligida;
•  adolatga tayanishda;
•  qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishdagi bevosita ishtirokda;
•  taraflarning qabul qilingan qarorlarga roziligida;
•  protsessdan istalgan paytda chiqib ketish imkoniyati borligida;
•  ishni ko‘rib chiqishga ketadigan vaqt va ko‘rib chiqish qiymatida;
•  maxfiylik ta’minlanishida;
•  protsessning moslashuvchanligi hamda vaziyat va talablarga mutanosibligida;
•  butun jarayon korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan xoli ekanida.
Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yoʼl bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi. 
Shu sababli, 2018-yil 3-iyulda Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi O‘RQ-482-sonli Qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, taraflarning mediatsiyani qoʼllash bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʼrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili qoʼllanilishi belgilangan.