Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqaro va tadbirkorlarga qator qulayliklar yaratilmoqda


Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi”gi 541-son qarori qabul qilindi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzodan foydalanish talabi bekor qilindi;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod qilindi;

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga elektron raqamli imzolar bepul berilishi belgilandi;

Aholi punktlari nomlanishi va chegaralari oʻzgarganda fuqaro va tadbirkorlarning ortiqcha xarajatlariga chek qoʻyish maqsadida koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi va kadastr hujjatlarini bepul qayta rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi;

Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini tartibga soluvchi reglament va nizomlarda jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilishning muqobil vositasi sifatida Mobil-ID tizimi kiritildi;

Tibbiyot, farmatsevtika, mehnat migratsiyasi va zargarlik sohalaridagi ruxsat etish tartib-taomillari boʻyicha yengilliklarning aniq mexanizmlari tegishli Hukumat qarorlarida mustahkamlab qoʻyildi.