Янгиликлар
06
2022-yil 1-oktabr – Yuridik markazlari tashkil etilganligiga 1 yil to`ldi.
Barcha yuridik xizmat markazlari xodimlarini davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlaringizga ulkan rivoj tilaymiz!
Ma’lumot uchun: Xorazm viloyatidagi barcha tuman (shahar) yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tomonidan joriy yilning yanvar oyidan bugungi kunga qadar xulosa olish uchun 30 mingdan ortiq shartnomalar va 57 mingdan ortiq buyruqlar loyihasi kelib tushgan.
Shundan, 27 513 ta shartnomalar va 53 269 ta buyruqlar loyihasiga Markazlar tomonidan ijobiy xulosa, 252 ta shartnomalar va 296 ta buyruqlar loyihasiga qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosalar berilgan, 2024 ta shartnomalar va 3050 ta buyruqlar loyihasi kamchiliklar mavjudligi sababli qaytarilgan (rad etilgan).
Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning foydasiga sudgacha hal etish yuzasidan 36 ta talabnomalar kiritilgan.