Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo'yicha eksperiment o'tkaziladi


“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (540-son, 28.09.2022-y.) qabul qilindi 

Qarorga muvofiq, tug'ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yozish bo'limlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023- yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Tug'ilganlik holati FHDY bo'limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma'lumotnoma beriladi va ushbu ma'lumotnoma tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo'yicha huquqiy eksperiment o'tkaziladi.

Huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi.

Shunga ko'ra, qaror bilan Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik ma'muriy reglament tasdiqlandi.

Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig'inini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.