Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to'lash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (515-son, 20.09.2022-y.) bilan Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha homiladorlik va tug'ish nafaqasini tayinlash hamda to'lash tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi 

Nizom bilan byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug'ish nafaqasini to'lash tartibi belgilandi.

Nafaqa Ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan farzand tug'ilgunigacha minimal iste'mol xarajatlarining 4 baravari (1 mln 992 ming so'm) miqdorda beriladi.

Shunga ko'ra, yuridik shaxslarning nafaqa to'lash majburiyati Jamg'arma hisobidan to'langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to'lash uchun asos bo'ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma'lumotlar mas'ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma'lumotlar “Yagona reestr” tizimiga yuboriladi.

“Yagona reestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o'tkazib beriladi. Plastik karta bo'lmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd ko'rinishda beriladi.