Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi


Qonun (O'RQ–791-son, 19.09.2022-y.) bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunga o'zgartish kiritildi 

Kiritilgan o'zgartishlarga ko'ra, otasidan ham, onasidan ham judo bo'lgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yo'qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi. Ushbu tartiblar 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda O'zbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming so'mni tashkil etadi.