Янгиликлар
16
“Intellektual mulk huquqlari – qonun himoyasida” mavzusida seminar tashkil etildi
Joriy yilning 14-sentabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda “Intellektual mulk huquqlari – qonun himoyasida” mavzusida seminar tashkil etildi
Seminarda tadbirkorlik subyektlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda, davlatimiz rahbarining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221–sonli Qarorini bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Savol-javoblarga boy tarzda bo`lib o`tgan seminar yakunida, sohada yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish hamda import qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun qo`llanma ishlab chiqishga kelishib olindi.