Янгиликлар
13
Özimiz keldik
Joriy yilning 5-11-sentabr kunlari viloyatning Xiva shahar, Qo`shko`pir, Urganch, Bog`ot tumanlarida bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
“O`zimiz keldik" shiori ostidagi tadbirlar fuqarolar bilan doimiy muloqotda boʻlish, muammolarini hal qilish, qulayliklar yaratish, qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish hamda tezkor, qulay, shaffof davlat xizmatlarini ko`rsatishni qamrab oladi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga 50 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 35 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo`lgan huquqiy masalalar bo`yicha tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.