Янгиликлар
12
Hududlarda sayyor qabullar
2022-yil 6-8-sentabr kunlari viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Yangibozor tumani Ocha-qal’a hamda Urganch tumani Oltinko`l, Oq-oltin, Munis Xorazmiy mahallalarida sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabullarda, 200 ga yaqin fuqarolar ishtirok qilib, 100 dan ortiq fuqarolarning murojaati tinglandi, 8 ta murojaatlar joyida hal qilindi, 40 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 25 ta davlat xizmatlari ko`rsatildi hamda oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi.
Tadbir davomida, “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi hamda PF-198-sonli Farmoni, shuningdek, firibgarlik hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga buklet va flayerlar tarqatildi.