Янгиликлар
09
Foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil bo'lgan qarzlar hisobdan chiqarildi
“Ta'sirchan soliq mexanizmini qo'llash natijasida hosil bo'lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–218-son, 09.09.2022-y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo'llanilgan ta'sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo'lgan mol-mulk solig'i va yer solig'i bo'yicha:
mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
soliq qarzini undirish bilan bog'liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo'lgan davrda ta'sirchan soliq mexanizmini qo'llash natijasida undirilgan soliq kelgusi to'lovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.
Eslatib o'tamiz, 2022-yil 1-iyuldan bo'sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo'ljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga hamda ushbu obyektlar bilan band yerga mol-mulk solig'i va yer solig'ining oshirilgan stavkalarini qo'llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to'xtatish tartibi bekor qilingan.