Янгиликлар
09
Vebinar
Joriy yilning 8-sentabr kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida zoom platformasi orqali Davlatimiz rahbarining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo’l qo’ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-198-sonli Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi.
Yig`ilishda viloyat va tuman (shahar) hokimliklarining, Kadastr va qurilish tashkilotlarining o`rinbosarlari va ularning tuman (shahar) bo`limlari boshliqlari hamda ushbu tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir o`tkazilishidan maqsad, Farmon mazmun-mohiyatini ijrochilarga yetkazish, uning ijrosi bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan masalalarni muhokama qilish hamda Farmon ijrosi bilan bog`liq yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilib, bir xil amaliyotni yo`lga qo`yishdan iboratdir.