Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xususiy mulk daxlsizligi qonun ustuvorligi mezoni.


“Mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va

davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasidan.

Mamlakatimizda har qaysi xususiy mulkdorning qonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritgan mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini taʼminlaydigan ishonchli huquqiy kafolatlar tizimi yaratilgan.

Binobarin, mulkning egasi boʻlsa, mehnat unumdorligi bir necha marotaba ortadi. Mulkdorning kayfiyati, intilishi, ish yuritishi, oʻz faoliyatiga, umuman, hayotga munosabati boshqacha boʻladi. Mulk egasi oʻz ishini yaxshilashga, mulkiga mulk qoʻshishga harakat qiladi. Chunki ular jamiyatdagi oʻzgarishlarga bevosita daxldor boʻlgan qatlamdir.

Mulk huquqi daxlsizligini taʼminlamasdan iqtisodiy rivojlanishga erishish qiyin. Bu asosiy qonunimizda ham alohida belgilangan boʻlib, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” qonunning 2-moddasida “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi” deb ko’rsatib o’tilgan.

Hozirgi kunda har bir tadbirkor, avvalo, shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar oʻz biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini koʻpaytirishi, oʻz mulkiga oʻzi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim. Demak, tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda taʼminlash har doim ham eng ustuvor vazifa boʻlib qolishi kerak.

Shu nuqtayi nazardan aytganda, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, xususiy mulkning qonuniy hamda amaliy jihatdan ustuvor rolini taʼminlash, iqtisodiyotda davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgan aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qabul qilingan qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini bartaraf etish yoʻlida qatʼiy tartib oʻrnatildi.

Albatta, bularning barchasi mulk huquqini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda muhim oʻrin tutadi. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi roli va ahamiyatini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan iqtisodiyotimizni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlarga keng yoʻl ochib berish siyosati samarali davom ettirib kelinmoqda. Zero, Konstitutsiya va qonunlar ustuvor boʻlgan yurtda adolat tamoyillari taʼminlanadi, iqtisodiy barqarorlik kafolatlanadi.