Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Hududlarda sayyor qabullar


Joriy yilning 30-31-avgust kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Shovot tumanidagi Eshonqal’a va Maxtumquli, Bog`ot tumanidagi Ashxobod mahallalarida fuqarolari va tadbirkorlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Sayyor qabullarda, 150 dan ortiq fuqarolar ishtirok qilib, 100 ga yaqin  fuqarolarning murojaati tinglandi, 29 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi, 10 ta murojaatlar joyida hal qilindi, 50 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yechimi muayyan vaqt va oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.

Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi.

Tadbir davomida, “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi hamda PF-198-sonli Farmoni yuzasidan, shuningdek  huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga buklet va flayerlar  tarqatildi.