Янгиликлар
31
Adliya xabari
Joriy yilning 26-avgust kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida O’zbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam to’g’risida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag’ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi
Tadbirda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, sud, prokuratura, mahalliy kengash deputatlari, advokatlar, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari ishtirok etgan tadbirda loyihani ishlab chiqishdan asosiy maqsad, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ro’yobga chiqarishda tutgan o’rni haqida so’z bordi.
Bugungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko'rsatilishi, mazkur qonun loyihasida esa ma'muriy va fuqarolik ishlari bo'yicha davlat hisobidan bepul yordam ko'rsatish nazarda tutilganligi, kam ta'minlangan fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan malakali yuridik yordamdan to'liq foydalana olishlari qonun bilan belgilanayotganligi ta’kidlandi.