Янгиликлар
29
Sayyor davlat xizmatlari
Joriy yilning 22-28-avgust kunlari viloyatning Gurlan, Yangiariq, Xonqa, Hazorasp, Urganch, Bog`ot, Shovor, Tuproqqal’a, Yangibozor tumanlari hamda Urganch va Xiva shaharlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Maqsad – “O`zimiz keldik" shiori ostida fuqarolar bilan doimiy muloqotda boʻlish, muammolarini hal qilish, qulayliklar yaratish, qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish hamda tezkor, qulay, shaffof davlat xizmatlarini ko`rsatishdan iboratdir.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga 100 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 40 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo`lgan huquqiy masalalar bo`yicha tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.