Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Haydovchilar yo'l-transport hodisalari bo'yicha IIB xodimlarisiz hodisa to'g'risidagi xabarnomani tuzishi mumkin


Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning o'zida quyidagilar asos bo'ladi (https://lex.uz/docs/5662889):

jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
ishtirokchilardan biri o'z aybiga iqror bo'lganida;
hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo'lganida;
ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug'urta qilingan bo'lsa;
haydovchilik guvohnomasi, ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo'l varaqasi mavjudligi;
haydovchilar mast bo'lmasa;
transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa. 

Xabarnoma hodisa sodir bo'lgan joyda darhol ikki nusxada tuziladi.

Xabarnoma quyidagi hujjatlar bilan 3 ish kunida sug'urtalovchilarga yuboriladi: 

hodisa joyining, transportlarning fotosurati;
haydovchilarning sug'urta hodisasini to'g'ridan-to'g'ri hal etish to'g'risidagi arizalari;
haydovchilarning mastligini aniqlash to'g'risidagi bayonnoma;
haydovchilarning hujjatlari, ro'yxatdan o'tkazilganlik haqidagi hujjatlarning ko'chirma nusxalari, sug'urta polisining ko'chirma nusxalari.