Янгиликлар
26
Uyma uy targ'ibot
Joriy yilning 23-24-avgust kunlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida Xorazm viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilaridan iborat volontorlar guruhi bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali targ`ibot tadbirlari bo`lib o`tdi.
Uyma-uy yurishda, Xiva shahridagi Sangar va Mevaston, Hazorasp tumanidagi Yangi hayot va Bog`dor, Tuproqqal’a tumanidagi Yangizamin va Sheyxlar, Xiva tumanlarida Shomoxulum va Varangzon mahallalarida jami 400 ga yaqin xonadonlarda “Mahallabay” usulda fuqarolar bilan uchrashildi.
Tadbir davomida, fuqarolarga “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi yuzasidan, yer ajratishdagi firibgarlik va korrupsiya, chet davlatlar harbiy xizmatiga yollanganlik uchun javobgarlik masalalari hamda mobile-ID va kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan huquqiy masalalar yuzasidan buklet va flayerlar tarqatildi.