Янгиликлар
25
Hududlarda sayyor qabullar
Joriy yilning 24-avgust kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Gurlan tumanidagi Fidokor va Ishonch, Hazorasp tumanidagi Yangi hayot va Bog`dor mahallalarida fuqarolari va tadbirkorlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabullarda, 100 dan ortiq fuqarolar ishtirok qilib, 75 fuqaroning murojaati tinglandi, 10 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi, 7 ta murojaatlar joyida hal qilindi, 40 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yechimi muayyan vaqt va oʻrganishni talab qiladigan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Asosiy e’tibor fuqarolar muammolarini joyida va ijobiy hal qilishga qaratildi.
Tadbir davomida, Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilayotgan “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi yuzasidan, shuningdek huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga buklet va flayerlar tarqatildi.