Янгиликлар
23
Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari — 900 ming so‘mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz (90 ming so‘m);
olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz (450 ming so‘m);
uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz (900 ming so‘m).