Янгиликлар
23
Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-avgustdan 15-sentabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
aholi va tadbirkorlarning mulk huquqlari bo‘yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;
sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan aholi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.